TsSKA sobiq futbolchisi: "Afsuski, Fayzullaev ketyapti"

Moskvaning TsSKA klubi sobiq futbolchisi va darvozabonlar murabbiyi Vladimir Chanov ushbu jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchining xizmatlariga Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi qiziqish bildirayotgan edi.
"Afsuski, Fayzullaev ketyapti. Bu iste'dodli yigit - u hammaga darhol hamma narsani isbotladi. Keldi va darhol RPLda o'zini ko'rsata boshladi, muxlislarning mehrini qozondi," - deya Chanovning so'zlarini keltiradi "Chempionat."