Rossiya Superkubogining finalidan o'rin olgan "Krasnodar" - TsSKA klublari ishtirokidagi bellashuv o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda “armiyachilar” Igor Diveev 48-daqiqada kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Shuningdek, o'yinning 89-daqiqasida "Krasnodar" futbolchisi qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev esa 80-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Rossiya Superkubogi. Final

"Krasnodar" - TsSKA 0:1

Gol: Divev 48.

Chetlatish: Kobnan 89