TsSKA himoyachisi Fayzullaevning jamoadan ketishiga munosabat bildirdi

TsSKA himoyachisi Milan Gayich hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning jamoadan ketishi haqidagi savolga javob berdi.
Chorshanba kuni o'zbekistonlik futbolchi "Istanbul Bashakshehir" tarkibiga qo'shilgani ma'lum bo'ldi. Gayichdan Fayzullaevdek futbolchini yo'qotish achinarli emasmi, deb so'rashdi.
"Abbos biz bilan uzoq vaqt o'ynadi, uni tabriklab, omad tilamoqchiman. Bu shunchaki futbol, odamlar keladi va ketadi. Jamoani yaxshi futbolchilar tark etishiga tayyor bo'lish kerak," - deya Gayichning so'zlarini keltiradi "Match TV."