TsSKA hali ham Fayzullaev uchun transfer pulini olmagan

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi xavbek Abbosbek Fayzullaev transferi uchun hali Moskvaning TsSKA klubi bilan hisob-kitob qilgani yo'q. Bu haqda "harbiylar" klubi vakili Kirill Breydo ma'lum qildi.
"Hozircha TsSKA Abbosning transferi uchun pul olgani yo'q. Biz turk klubi bilan yozishmalar olib boryapmiz. Pulni shu haftada kutamiz," - deya Breydoning so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress."
21 yoshli yarim himoyachi iyul oyi oxirida Moskva klubini tark etgandi. Abbosbek turklar bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Fayzullaevning transferi "Istanbul Bashakshehir"ga sakkiz million evroga tushgan.