TsSKA "Fiorentina" futbolchisi uchun 12 million evro to'lashga tayyor

Moskvaning TsSKA klubi "Fiorentina"ga 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi Lukas Beltran uchun 12 mln evro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov telegram-kanalida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "qizil-ko'klar" "Spartak" va "Zenit" ham qiziqish bildirayotgan argentinalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon "Fiorentina" futbolchisi hisoblanadi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 98 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.