“TsSKA” Fayzullaevni tarkibda saqlab qolmoqchi

Moskvaning “TsSKA” klubi rahbariyati o'zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaevni tarkibda saqlab qolish uchun faol harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi “TsSKA”ning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lib, yangi bosh murabbiy Fabio Chelestining unga katta umid bog'langan. Shu sababli klub rahbariyati hozircha futbolchini sotishga tayyor emas.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Fayzullaevga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirgacha “TsSKA” turk klubi tomonidan rasmiy taklif olmagan. Ammo yaqin kunlarda bunday taklif kelishi ehtimoli yuqori.
Bunday holatga tayyorlanayotgan Moskva jamoasi futbolchining o'rnini to'ldirish uchun bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda. Agar Fayzullaev moskvaliklar safini tark etadigan bo'lsa, klub “Rostov” futbolchisi Ivan Komarovni sotib olish bo'yicha muzokara boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Abbos Fayzullaev 2024/25 yilgi mavsum Rossiya Premer Ligasi doirasida 27 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.