TsSKA Fayzullaev transferi uchun pulni kutmoqda

TsSKA kommunikatsiyalar xizmati rahbari Kirill Breydo Abbosbek Fayzullaev transferi haqida gapirdi. Yaqinda "Istanbul Bashakshehir" hujumkor yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
"Yaqin vaqt ichida "Istanbul Bashakshehir" TsSKA bilan transfer uchun to'liq hisob-kitob qilishi kerak. Biz Abbosga muvaffaqiyatlar va futboldagi orzusini amalga oshirishini tilaymiz," - deb yozdi Breydo telegram-kanalida.
Shuningdek, Breydoning ta'kidlashicha, TsSKA Fayzullaev bilan xayrlashganidan so'ng hujumga yangi futbolchi izlamoqda.