TsSKA direktori Abbosbek Fayzullaevning transferi bo'yicha ma'lumot berdi

TsSKAning kommunikatsiyalar bo'yicha direktori Kirill Breydo yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga transferi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
"Harbiylar" vakilining so'zlariga ko'ra, kelishuv yakuniy bosqichda.
"Fayzullaev tibbiy ko'rikdan o'tdi, u Istanbulda. Tomonlar to'lov qismi bo'yicha bitimni yakunlamoqda", - deya Breydoning so'zlaridan iqtibos keltiradi "SE"