Moskvaning TsSKA klubi Mateus Alvesning transferini e'lon qildi.

Klub braziliyalik 20 yoshli yarim himoyachini 6 million evro evaziga “San-Paulu” klubidan sotib oldi.

Alves “armiyachilar” bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Futbolchi 2025 yilning yanvaridan beri “San-Paulu”ning kattalar jamoasida to'p surib kelmoqda.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, uning transfer qiymati 3,5 million evroni tashkil etadi.