"Istanbul Bashakshexir" Abbosbek Fayzullaev transferi pulini to'lab berdi.

Futbolchi Turkiya jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'yinida maydonga tushishi mumkin, deya xabar bermoqda "Chempionat" jurnalisti Andrey Pankov.

"Istanbul" shartnomadagi pulning katta qismini muvaffaqiyatli to'ladi. TsSKA xalqaro transfer sertifikatini yubordi.

Transfer summasi 7,5 mln evroni tashkil etishi xabar qilingandi. "Bashakshehir" avvalroq pul o'tkazmalari bilan bog'liq muammolar haqida ma'lum qilgan edi.