Trent yoki Karvaxal: Xabi Alonso o'ng qanotni kimga ishonib topshirishi ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa tarkibini yangi mavsum uchun rejalashtirishda davom etmoqda.
Marca xabariga ko'ra, 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis yangi mavsumda o'ng qanot himoyasini Trent Aleksandr-Arnoldga ishonib topshiradi, Dani Karvaxal zaxira varianti bo'ladi.
26 yoshli ingliz shu yozda "Liverpul"dan erkin agent sifatida "qaymoqranglilar" safiga kelib qo'shildi va 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.