Tramp KO'JCh finali haqida o'z fikrlarini bildirdi

Donald Trampga klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali yoqdi.
Turnirning hal qiluvchi o'yinida "Chelsi" "PSJ"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvni AQSh prezidenti Donald Tramp tomoshabin sifatida kuzatdi.
"Men haqiqatan ham vaqtimni a'lo darajada o'tkazdim. Ajoyib sport," - dedi Tramp DAZN'ga bergan intervyusida.