Angliyada noma'lum shaxslar Ayven Tounining mashinasiga zarar etkazdi.

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi sharafini himoya qilayotgan angliyalik hujumchi Instagram storisiga oynasi singan avtomobilining suratini joyladi.

"Shuning uchun Londonni yomon ko'raman," - deb yozadi futbolchi.

Touni yozgi ta'tilni Buyuk Britaniyada o'tkazmoqda. Ayni damda jinoyatchilar avtomobildan nimanidir o'g'irlab ketgani ma'lum emas.