Hammasi hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar "Manchester Siti"ni tark etishiga qarab ketmoqda. So'nggi vaqtlarda matbuot 29 yoshli futbolchini Premer-liganing boshqa klublari - "Tottenxem" va "Everton" bilan bog'lamoqda.

Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, Grilish "Tottenxem"ga o'tishni afzal ko'radi, chunki u top-darajada o'ynashni davom ettirmoqchi. Shu bilan birga, "Everton"ga o'tish hozircha istisno qilinmayapti.

"Tottenxem" yangi mavsumda Evropa Ligasi g'olibi sifatida Angliya sharafini Chempionlar Ligasida himoya qiladi.

Transfermarkt portali Grilishni 28 million evroga baholamoqda.