"Tottenxem" Yaponiya terma jamoasi yulduziga qiziqish bildirmoqda

Londonning "Tottenxem" klubi "Real Sosedad" qanot vingeri Takefusa Kuboga qiziqish bildirmoqda.
The Daily Mail xabariga ko'ra, 24 yoshli yaponiyalik futbolchini San-Sebastyan klubi 70 million evroga qo'yib yuborishga tayyor. "Shporlar" bunday taklif bilan chiqadimi yoki yo'q aniq emas.
Kubo Transfermarkt portalida 30 million evroga baholanmoqda. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2029 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.