Yarim himoyachi Morgan Gibbs-Uayt "Tottenxem"ga o'tishni tezda yakunlay olmagani uchun "Nottingem Forest" mashg'ulotlariga qaytdi.

"Tottenxem" o'tgan hafta Gibbs-Uaytning 60 million funt sterling tovon pulini faollashtirdi va Morgan tibbiy ko'rikdan o'tishini kutayotgan edi.

Biroq, "Nottingem Forest" 25 yoshli Gibbs-Uaytning ozod qilish bandi haqidagi maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqishidan g'azablanib, "Tottenxem" bilan kelishuvni yakunlashdan bosh tortdi.

Evening Standard nashrining xabar berishicha, hozirda "o'rmonchilar" Premer-ligaga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilishgan va Morganning o'zi Nunu Eshpiritu Santu jamoasi bilan mashg'ulotlarga qaytishdan boshqa chorasi yo'q.

"Tottenxem" Gibbs-Uaytni sotib olish borasida optimist bo'lib qolmoqda, ammo endi ikkala tomon ham sabrli bo'lishi kerak.