"Tottenxem" va "Nyukasl" "Brayton" markaziy himoyachisi Yan-Pol van Xekke bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Voetbal International xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2027 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

U o'tgan mavsum 39 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta ogohlantirish oldi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Van Xekke 50 million evroga sotilishi kutilmoqda.