"Tottenxem" uzoq kutilgan transferni e'lon qildi

"Tottenxem" Muhammad Qudusni o'z safiga qo'shganini ma'lum qildi.
Futbol mutaxassisi Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Vest Xem" yarim himoyachini 55 million funtga sotgan.

Gana milliy terma jamoasi a'zosi "Tottenxem" bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Qudus "Tottenxem" safida 20-raqam ostida to'p tepadi.
O'tgan mavsumda Muhammad Angliya Premer-ligasida 32 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta gol uzatmasini berdi.