"Tottenxem" Savio bo'yicha taklifini yana yaxshilamoqchi.

Globo xabariga ko'ra, London klubi 21 yoshli vinger uchun o'z taklifini 80 million evrogacha oshiradi.

Avvalroq, “shaharliklar” braziliyalikni 70 million evroga sotmagani haqida xabar berilgandi.

Savioning agentlari klublar o'rtasida vositachi sifatida ishlamoqda, ammo "Manchester Siti" taklifni qabul qilishni istamaganini hisobga olsak, muzokaralar oson kechmaganga o'xshaydi.