"Tottenxem" Sonning sotilishiga rozi bo'ldi

"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min "Los-Anjeles"ga o'tadi. Klublar transfer shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi, futbolchining roziligi ham olindi, deyiladi insayder Fabritsio Romano hisobotida. "Shporlar" o'z sardorini sotishdan 15 mln evrodan ko'proq pul ishlab oladi.
Son "Tottenxem" bilan Angliyaga uchib ketmadi. U AQShda qoldi, u erda jamoa hujjatlarni imzolash va "Los-Anjeles"ga o'tishni yakunlash uchun mavsumoldi yig'inini o'tkazdi.
Janubiy koreyalik forvard londonliklar safida 2015 yilning avgustidan buyon to'p tepib kelmoqda.