"Tottenxem" Son uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi

"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Janubiy koreyalik yulduzning transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmayotgan "Los-Anjeles" "shporlar"ning 33 yoshli sardorini o'z safiga qo'shib olmoqchi. GiveMeSport xabariga ko'ra, agar futbolchining o'zi uni Amerika klubiga qo'yib yuborishni so'rasa, "Tottenxem" yon berishga va Sonning narxini 20 million funtga (taxminan 23 million evro) tushirishga tayyor.
Son Xyon Minning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Hujumchi o'n yildan beri londonliklar sharafini himoya qilmoqda, shu vaqt ichida u 454 ta o'yinda maydonga tushib, 173 ta gol urgan va 101 ta golli uzatmani amalga oshirgan.