"Beshiktosh" "Tottenxem"ning sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, turk klubi vakillari 28 yoshli o'ng qanot himoyachisi Kayl Uoker-Pitersning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

2024/25 yilgi mavsum oxirida uning "Sautgempton" bilan shartnomasi tugadi, shuning uchun ingliz hozirda erkin agent.

O'tgan mavsumda Kayl Uoker-Piters "Sautgempton" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yin o'tkazib, 2ta golga assistentlik qilgan. Mashhur Transfermarkt portali uning narxini 15 million evroga baholamoqda.