"Tottenxem" Romero bo'yicha "Atletiko"dan rasmiy taklif olmagan

"Tottenxem" "Atletiko"dan Kristian Romero bo'yicha hech qanday taklif olmagan.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "shporlar" himoyachining ketishi haqida o'ylamayapti, argentinalik futbolchi asosiy o'yinchi sanaladi.
Ayni damda “Atletiko” muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgani yo'q. Romeroning o'zi hech qaysi klub bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishmagan.
O'tgan mavsumda Romero APLda 18ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.