"Tottenxem" "Bornmut" markaziy himoyachisi Ilya Zabarniyni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.

Manbaga ko'ra, London klubi 22 yoshli ukrainalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 70 million evro to'lashga tayyor.

Parallel ravishda, markaziy himoyachiga "PSJ"dan ham jiddiy qiziqish bor, ular Zabarniy uchun 60 million evro taklif qilishdi, ammo bu summa "Bornmut"ni qoniqtirmadi.

Futbolchining o'zi "PSJ"ga o'tmoqchi, ammo frantsuzlar yana taklif bilan chiqishi hozircha noma'lum.