"Tottenxem"ning Eze uchun qancha tayyorlagani ma'lum bo'ldi

"Tottenxem" Eberechi Eze bo'yicha taklif tayyorlamoqda.
The Times xabariga ko'ra, klub 27 yoshli qanot vingerining transferi bo'yicha "Kristal Pelas" bilan bog'lanishni rejalashtirmoqda. Ezening shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan - 60+7,5 mln funt, ammo "Tottenxem" bu transferni arzonroq narxda amalga oshirmoqchi.
Ta'kidlanishicha, "shporlar" futbolchi uchun 45-50 million funt berishga tayyor.
Avvalroq, angliyalik futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda Eze APLda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.