"Tottenxem" Niko Pas uchun harakatni to'xtatmaydi

Matbuotda avvalroq "Tottenxem" "Komo" yarim himoyachisi Niko Pas uchun 40 million evro taklif qilib, rad javobini olgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Insayder Sebasten Vidal xabariga ko'ra, "shporlar" 20 yoshli argentinalik xavbek uchun harakatni davom ettiradi. U jamoada xochsimon bog'lam jarohati sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan Jeyms Meddison o'rnini egallashi kutilmoqda.
Italyan klubi Pasni 70 million evroga sotmoqchi. Transfer summasining 50 foizini "Real" oladi.