Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi hujumchisi Aleksandr Mitrovich Londonning "Tottenxem" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Al-Hilol" 30 yoshli serbni "Tottenxem"ga taxminan 35 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Biroq, "shporlar"ga jiddiy to'siq bo'layotgan narsa - Mitrovichning maoshi yiliga qariyb 25 million evroni tashkil etadi.

Hujumchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va ettita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Mitrovichning bozor narxi 18 mln evroni tashkil qilmoqda.