Muhammad Kudus faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Tottenxem" "Vest Xem" yarim himoyachisi uchun 55 million funt sterlinglik transfer bo'yicha kelishuvga erishgan.

Ganalik futbolchi "shporlar" bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Aytishlaricha, u faqat shu klubga o'tishni xohlagan.

Kudusning tibbiy ko'rikdan o'tishi payshanba kuniga belgilangan.

Muhammad o'tgan mavsumda Premer-ligada 32 o'yin o'tkazib, 5 gol va 3 golga assistentlik qilgan.