"Byornli" markaziy himoyachisi Maksim Estev "Tottenxem"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "shporlar" 23 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi bo'yicha "Byornli" bilan muzokaralarni qayta boshlagan. Ta'kidlanishicha, "Tottenxem" jamoani tark etadigan Kristian Romeroga o'rinbosar sifatida Estevni ko'rmoqda.

O'tgan Chempionship mavsumida Estev 46 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.

Himoyachining "Byornli" klubi bilan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.