"Tottenxem" "Komo"ga 40 million evro taklif qilib, rad javobini oldi

"Tottenxem" Niko Pasni o'z safiga qo'shib ololmadi.
Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, London klubi "Komo" yarim himoyachisi uchun 40 million evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. Italiyaliklar 20 yoshli futbolchini 70 mln evroga baholamoqda.
"Komo" 60 mln evrodan kam bo'lmagan miqdorda taklif olgan taqdirdagina muzokara olib boradi, deb hisoblanmoqda.
Qayd etilishicha, Italiya klubi shartnomadan "Real" uchun yozilgan barcha variantlarni olib tashlashga harakat qilmoqda. Madridliklar hozirda Pas bo'yicha istalgan boshqa klubning transfer taklifini takrorlashi yoki futbolchining sotuv summasining 50 foizini olishi mumkin.
Argentinalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.