"Tottenxem" himoyachisi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi

"Tottenxem"ning chap qanot himoyachisi Jed Spens London klubi bilan yangi shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, "shporlar" 20 yoshli ingliz bilan yangi kelishuv borasida bir necha hafta oldin kelishib olgan. Tez orada rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.
"Tottenxem" Spensni 2022 yil yozida "Nottingem"dan 14,7 million evroga sotib olgandi. U o'tgan mavsumda 35 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.