"Tottenxem" himoya yulduzining jamoadagi taqdiri deyarli aniq

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romero yozda klubni tark etishi dargumon.
Turli manbalar argentinalik futbolchining Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi yaqinligi haqida bir necha bor xabar bergan, ammo "matraschilar" baribir "shporlar" bilan bitim shartlari bo'yicha kelisha olmagan. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi hozirgi transfer oynasida kutilmagan voqealar yuz bermasa, hech qaerga ketmaydi.
Transfermarkt ekspertlari Kristian Romeroning narxini 50 mln evroga baholamoqda. Futbolchining London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.