"Tottenxem" futbolchisi Mourino jamoasiga o'tishi mumkin

"Tottenxem" tayanch yarim himoyachisi Iv Bissuma faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Fenerbaxche" allaqachon "shporlar" bilan jamoa ustozi Joze Mourinoning asosiy maqsadi bo'lgan 28 yoshli malilik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan.
O'tgan mavsumda Bissuma barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.