"Tottenxem" frantsuz klubidan hujumchi ijaraga olmoqchi

"Renn" markaziy hujumchisi Arno Kalimuendo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 23 yoshli frantsuzni "Tottenxem" ijaraga olmoqchi. Hozirda muzokaralar boshlang'ich bosqichda.
Kalimuendoga Ispaniyaning "Valensiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt forvardni 22 million evroga baholamoqda.