"Tottenxem" Ezening o'rniga qimmatbaho muqobil topdi

"Aston Villa" hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers "Tottenxem"ning transfer maqsadiga aylandi.
"Shporlar" Eberechi Ezeni qo'ldan chiqardi - "Kristal Pelas" yulduzi uchun kurashda "Arsenal" g'alaba qozondi. Jurnalist Migel Dileynining yozishicha, "Tottenxem"ning yangi ustuvor maqsadi aynan Rojers bo'lib, u Ezedan ham qimmatroqqa tushishi mumkin.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Morgan Rojersning narxi 55 mln evroga teng, biroq "Villa" ko'proq so'ramoqchi. 23 yoshli inglizning Birmingem klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.