"Tottenxem" Eze transferiga yaqinlashmoqda

"Kristal Pelas" qanot vingeri Eberechi Eze tez orada "Tottenxem"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Jurnalist Sebasten Vidalning yozishicha, "Tottenxem" Ezening transferiga jiddiy e'tibor qaratgan. Manbaga ko'ra, futbolchining agentlari "shporlar"ga shaxsiy shartnoma shartlari muzokaralarda muammo tug'dirmasligini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, "Arsenal" "burgutlar"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo'lsa-da, negadir vaqtni cho'zmoqda. Yana bir muhim jihat, "kanonirlar" transfer uchun to'lovlarni bo'lib tashlamoqchi, "Tottenxem" esa, butun summani bir transhda o'tkazmoqchi. Bitim taxminan 50 million evroga teng bo'lishi mumkin.