"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi. O'tgan mavsum yakunlanganidan ko'p o'tmay, "shporlar" prezidenti Daniel Levi Evropa Ligasidagi g'alabalar etarli emasligini, chunki klub Premer-liga va Chempionlar Ligasida zafar quchishga qodirligini aytdi.

"Men bu ambitsiyalarga qo'shilaman - bunday miqyosdagi klubda bunday ambitsiyalar bo'lishi kerak. Ayni damda biz bundan qanchalik yiroq ekanligimizni aytish qiyin, ammo biz kelajakka qarashimiz va maqsadlarga erishish uchun harakat qilishimiz kerak," - dedi daniyalik murabbiy OAV bilan suhbatda.

Tomas Frank iyun oyida iste'foga chiqarilgan Ange Postekoglu o'rniga "Tottenxem"ni qabul qilib olgandi.

APLning o'tgan mavsumida londonliklar 17-pog'onani band etishgandi.