"Tottenxem" bosh murabbiyi Kristian Romeroning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank himoyachi Kristian Romeroning jamoada qolishiga ishonmoqda.
"U shubhasiz shu erda va klubga juda sodiq. Bilaman, Kuti mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda," - deya Frankning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq OAVda "Atletiko" Argentina terma jamoasining 27 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2024/25 yilgi mavsumda Romero barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.