Londonning "Tottenxem" klubi "Bayer" markaziy himoyachisi Pero Inkapega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Daily Mail xabariga ko'ra, "dorishunoslar" bilan shartnomada futbolchining tovon puli sifatida 60 million evro mablag' ko'rsatilgan.

"Shporlar" ustozi Tomas Frank Inkapeni chap markaziy himoyani kuchaytirish uchun ideal nomzod sifatida ko'rmoqda.