Myunxenning "Bavariya" klubiga tegishli tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Give me Sport portali jurnalistlarining ma'lum qilishicha, 30 yoshli xavbekning transferiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" Germaniya grandida o'zini ko'rsata olmagan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Palinyaning bozor narxi 30 million evroga baholanmoqda, uning "Bavariya" bilan mehnat shartnomasi esa 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

2024/2025 yilgi mavsumda yarim himoyachi Germaniya Bundesligasida 17 ta o'yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi ikkita sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.