"Tottenxem" 58 mln evro narxga ega yarim himoyachini nishonga oldi

"Aston Villa" futbolchisi Jeykob Remzi "Tottenxem"ning transfer maqsadiga aylandi.
"Shporlar" joriy transferlar davrida 24 yoshli futbolchini qo'lga kiritish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Sebasten Vidal. "Aston Villa" har ikki qanotda va maydon markazida o'ynay oladigan yarim himoyachi uchun taxminan 50 mln funt (deyarli 58 mln evro) so'ramoqda.
Jeykob Remzi yakunlangan mavsumda Unai Emeri jamoasi safida 45 ta o'yinda 4 ta gol va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko'ra, angliyalikning ayni damdagi narxi 32 mln evroni tashkil qilmoqda.