Toshkentda engil atletika bo'yicha xalqaro turnir boshlandi

Bugun poytaxtimizda engil atletika bo'yicha “Silk Road to Tokyo” xalqaro turniri start oldi.
Butunjahon engil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu musobaqada 15 davlatdan 250 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.
17 avgust kuni yakunlanadigan turnir kelasi oy Tokio shahrida o'tadigan jahon chempionatiga reyting ochkolarini taqdim etadi. Dasturga ko'ra, atletlar 22 yo'nalish bo'yicha bellashishadi. Xususan, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham asosiy tarkibda medallar uchun kurash olib borishadi.