Kanadadagi Toronto shahrida 2026 yilgi Jahon chempionati uchun VIP chipta savdosi boshlandi. Bu haqda GlobalNews xabar berdi.

Narxlar quyidagicha:
Guruh bosqichi o'yinlari – 2500 Kanada dollari (taxminan 24 million so'm)
Pley-off bosqichi – 3000 Kanada dollari (taxminan 28 million so'm)

Bu narxlar faqat VIP chiptalar uchun, oddiy chiptalar hali sotuvga chiqmadi.