"Torino" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi bilan Orel Amenda uchun 8 million evrolik muzokaralar olib bormoqda.

Sky Sports Deutschland nashrining ta'kidlashicha, nemis klubi bu taklifni qabul qilishga tayyor.

Biroq turinliklar haligacha futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgani yo'q, unga Premer-liga va La Liga klublari ham qiziqish bildirmoqda.

O'tgan hafta shveytsariyalik markaziy himoyachi 22 yoshga to'ldi va to'rtta katta o'yinda maydonga tushdi.