"Jirona" klubining rasmiy sayti xabar berishicha, "Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar endilikda Kataloniya jamoasi safida to'p tepadi.

29 yoshli frantsiyalik futbolchi 2026 yil 30 iyungacha yangi jamoasida ijara asosida faoliyat yuritadi.

Lemar 2018 yil iyulida "Monako"dan 72 million evro evaziga Madrid klubiga o'tgan edi. U "Atletiko" safida 186 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.