Tojikiston kubogi. “Esxata” g'alaba qozondi, Rixsiboevdan dubl

Tojikiston kubogi chorak finalida “Esxata” klubi “Istaravshan”ni qabul qilib, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda Sanjar Rixsiboev dublga erishdi. “Istaravshan” safida Bobur Qosimov ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
Shu tariqa, “Esxata” yarim finalga yo'l oldi.
Har ikkala jamoa safida bir nechta o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishdi.