Tojikiston kubogi. «Esxata» finalga chiqdi

Tojikiston kubogi yarim finalida «Esxata» klubi «Vaxsh»ga qarshi o'ynadi.
Asosiy bo'limlar 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa «Esxata» 4:3 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Ma'lumot uchun, hozirda "Esxata" safida o'zbek futbolchilaridan Hamidullo Abduhamidov, Sanjar Rixsiboev, Sardor Xursandov, Izzatillo Tursunov, Abdulboriy Vosidjonov, Bekzod Saidov, Diyorbek Shavqievlar to'p tepmoqda. Shuningdek, o'zbekistonlik yosh mutaxassis Bobur Madaminov ham mazkur klub murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.