Timoti Vea Marselga etib bordi

"Yuventus" hujumchisi Timoti Vea "Marsel" bilan shartnoma imzolash uchun Frantsiyaga uchib keldi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano. Klublar ijara haqida kelishib olishdi.
Frantsuz klubi muxlislari 25 yoshli amerikalik futbolchi bilan aeroportda suratga tushishdi va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilishdi. Vea bungacha Frantsiyaning "Lill" jamoasida o'ynagan.
Iyun oyida Vea "Yuventus"dan "Nottingem Forest"ga o'tishdan bosh tortgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi,
2024/25 yilgi mavsumda Vea barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.