Timo Verner "Borussiya" safini to'ldirishi mumkin

Germaniyaning Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi vinger Timo Verner transferini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda GGFN xabar bermoqda.
Verner ayni damda "RB Leyptsig" sharafini himoya qilmoqda. Agar futbolchi transferga rozi bo'lsa, u hozirgidek yuqori maoshga umid qila olmaydi, chunki "Borussiya" o'z xarajatlarini kamaytirishga harakat qilmoqda. Futbolchi bir mavsum uchun 10 million evro o'rniga atigi 4 evro oladi.
Verner o'tgan mavsum Angliyaning "Tottenxem" klubi safida to'p tepgan edi. U 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli futbolchining transfer narxi 7 million evroni tashkil etadi.