"Bayer" Kvinten Timberni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Germaniya klubi "Feyenoord" futbolchisini short-listga kiritdi, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

24 yoshli markaziy yarim himoyachi - leverkuzenliklar kuchaytirmoqchi bo'lgan bu pozitsiya uchun asosiy uch nomzoddan biri.

Futbolchining Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.